
Balotelli faoliyatini “Napoli”da davom ettirishga qarshi emas
Frantsiyaning “Nitstsa” klubi hujumchisi Mario Balotelli faoliyatini vatanida davom ettirishga qarshi emasligini bildirdi.
“Men “Milan”ga muxlislik qilaman va “Manchester Siti” bilan ham aloqalarim yaxshi. Men nima uchun “Milan”dan ketdim? Galliani meni o‘z jamoasida ko‘rishni istagandi, ammo u erda Berluskoni ham bor edi. Bu haqida gapirishni istamayman.
“Napoli”ga o‘tgan bo‘larmidim? Albatta, bunga rozi bo‘lgan bo‘lardim”, - deydi italiyalik forvard.
So‘nggi paytlarda Balotellining Neapol shahri jamoasiga yo‘l olishi borasida ko‘plab mish-mishlar tarqalgan. Ta’kidlash kerakki, bu shaharda uning sobiq rafiqasi va qizi yashaydi.
Fikrlar