Barella APLga yo‘l olishi mumkin
"Inter" futbolchisi Nikolo Barella faoliyatini Premer-ligada davom ettirishi mumkin. Yarim himoyachiga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda, deya xabar tarqatdi "CalcioMercato" nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, milanliklar Barellani ketishiga qarshi emas va ushbu transfer uchun 44 million funt sterling talab qilmoqda. Klubga uning xarakteri yoqmayapti va uni qo‘yib yuborishga tayyor.
Nikola yomon mavsum o‘tkazyapti, deb bo‘lmaydi. U "Inter" safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 gol va 8 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar