Baribir menga haykal qo‘yishmaydi! Anchelotti o‘zidan zo‘r uch murabbiy nomini aytdi

  • 9 noyabr, 2024, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti murabbiylik sohasida uch nafar mutaxassisni o‘zidan yuqori baholashini aytib o‘tdi.

- Men so‘nggi o‘ttiz yildagi eng zo‘r murabbiyman, deya olmayman. Albatta, bu sohada juda ko‘p narsaga erishdim. Lekin mendan ko‘pini qo‘lgan kiritgan Aleks Fergyuson, Xosep Gvadiola, Valeriy Lobanovskiy kabi murabbiylar bor.

Agar men o‘zimni eng yaxshi murabbiyligimni aytsam ham, hech kim menga haykal qo‘ymaydi, - dedi Karlo Anchelotti.

Italiyalik mutaxassis etakchi chempionatlardagi bosh murabbiylik faoliyatini 1996 yili “Parma”da boshlagan. Faoliyati davomida “Real”dan tashqari “Yuventus”, “Milan”, “Chelsi”, “Pari sen-Jermen”, “Bavariya”, “Napoli”, “Everton” kabi mashhur jamoalarda ishlagan.

Karlo Anchelotti Evropa Superkubogida besh marotaba g‘olib chiqqan yagona murabbiy sifatida rekordchi hisobdanadi. Shuningdek, Chempionalar ligasida ham besh bor muvaffaqiyatga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!