“Bars” yosh futbolchidan olti million yevro talab qilyapti
“Barselona” asosiy tarkibiga kira olmayotgan klub tarbiyalanuvchisi Dro Fernandez qishki transfer oynasi davrida klubni tark etishga qaror qildi.
18 yoshli futbolchi 2027 yilning yozigacha davom etadigan shartnomani bir tomonla bekor qilib, erkin agent maqomini olmoqchi.
Sport.es saytining yozishicha, Fernandez klubdan ketishi uchun “Barselona”ga 6 million yevro miqdorida kompensatsiya to‘lashi lozim.
Hujumkor futbolchi asosiy tarkibga kirishi uchun o‘zi o‘ynaydigan pozitsiyasida kuchli raqobatga duch kelgan. Yosh o‘yinchiga ayni kuchga to‘lgan yulduzlar Fermin Lopes va Dani Olmo bilan raqobatlashing og‘irlik qilmloqda. Shu sababli u ketishga qaror qilgan.
Klub sport direktori Deku Dro Fernandez bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirgan edi, ammo futbolchi ketishni tanladi.
Joriy mavsumda Fernandez beshta o‘yinda 148 daqiqa harakat qildi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati €10 mln. Unga Angliya va Germaniya klublari qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar