“Barsa” APLdan himoyachi tanladi

  • 06.04.2026 06:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” himoya chizigʻini kuchaytirish variantlarini oʻrganmoqda. The Touchline nashri maʼlumotiga koʻra, Kataloniya klubi “Bornmut” himoyachisi Markos Senesining imkoniyatlarini yuqori baholayapti.

Bosh murabbiy Hans-Diter Flikning fikricha, Senesi oʻtgan mavsumda jamoada oʻynagan Inyigo Martinesga oʻxshaydi.

“Barselona” 28 yoshli argentinalik futbolchini “Inter” himoyachisi Alessandro Bastoniga nisbatan arzonroq alternativ sifatida koʻrmoqda.

Senesining “Bornmut” bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Shu bois yozda uni erkin agent sifatida qoʻlga kiritish imkoniyati bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!