“Barsa” armonda qoladi

  • 18 fevral, 2023, 22:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes yozgi transferlar vaqtida jamoa tarkibini kuchaytirish borasida bosh qotirmoqda.

Tecno

Kataloniyaliklar moliyaviy vaziyatdan kelib chiqib, asosan erkin agentga aylangan mashhur o‘yinchilarni o‘z safiga qo‘shib olmoqda. Ayni paytda “Barsa” mutasaddilari “Manchester Siti” etakchilaridan Ilkay Gyundog‘an transferini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Biroq, manbalarning ta’kidlashicha, germaniyalik futbolchi kataloniyaliklarning xafsalasini pir qilishi mumkin.

- Ilkay Gvardiola klub rahbariyatidan yangi shartnoma so‘rashini inobatga olib, jamoada qolishni mo‘ljallayapti. “Barselona” esa germaniyalik futbolchiga ikkinchi variant bo‘lib qoladi. Agar “shaharliklar” Gyundog‘anni saqlab qolmoqchi bo‘lsa, hali imkoniyat etarli, - deb yozmoqda taniqli jurnalist Kristian Falk.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!