“Barsa” asosiy tarkibning yana bir futbolchisidan voz kechdi

  • 19.07.2021 23:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona”ning frantsiyalik himoyachisi Kleman Langle faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishga tayyorlanmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar uni keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga jo‘natadi.

Bu xabarni tarqatgan manba, Angliyada Langleni olayotgan klub nomini keltirmayotgan bo‘lsa-da, 26 yoshli himoyachi “Everton” safiga qo‘shilishi kutilmoqda. Chunki liverpulliklar anchadan beri bu o‘yinchiga ko‘z tikmoqda.

Langle o‘tgan mavsumda La Ligada 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urishga ham muvaffaq bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!