“Barsa”: Baribir shu futbolchini olamiz!
“Barselona” rahbariyati “Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Ferran Torresga xaridor ekanini yana bir karra tasdiqladi.
“Shaharliklar” bilan bu transferni muhokama qilishdan oldin kataloniyaliklar delegatsiyasi Manchesterga borib, do‘stona aloqalarni o‘rnatib keldi.
- Ferran — ajoyib futbolchi va biz uning transferi bo‘yicha asta-sekin oldinga qadam bosyapmiz. “Manchester Siti”da do‘stlarimiz ishlaydi va yaxshi munosabatlar davom etmoqda, - dedi “Barselona” vitse-prezidenti Rafael Yuste.
Ferran Torres 2020 yili “Valensiya”dan “Manchester Siti”ga o‘tganidan beri jami 43 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga 16 ta to‘p kiritdi. 21 yoshli futbolchining o‘zi ham “Siti”da raqobat kuchli ekanini inobatga olib, yurtiga qaytishga qarshi emas.
Fikrlar