“Barsa” Bundesligadan hali tanilmagan ikki himoyachi oladi

  • 14.01.2026 23:14
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” sport direktori Deku jamoa himoya chizigʻini kuchaytirish maqsadida klubning moliyaviy imkoniyatlariga mos keladigan nomzodlar topishga harakat qilmoqda. 

Sport.es saytining maʼlum qilishicha, kataloniyaliklar Bundesligа oʻrtamiyona klublarida oʻynayotgan va hali tanilib ulgurmagan oʻyinchilarni nishonga oldi. 

Xususan, “Volfsburg”ning 22 yoshli gretsiyalik himoyachisi Konstantinos Kulyerakis va “Gamburg”da oʻynayotgan xorvatiyalik 18 yoshli Luka Vushkovich kataloniyalik skautlar kuzatuvida boʻlib turibdi. 

Bundesligaga 2024 yilning yozida PAOK klubidan olib kelingan Kulyerakis barcha musobaqalarda 16 ta oʻyin oʻtkazdi va asosiy eʼtiborini himoyani ushlashga qaratgani bois, samarali harakatlari amalga oshira olmadi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, uning bozor qiymati 25 million yevroga teng.

Vushkovich aslida “Tottenxem”ga tegishli va ijara asosida “Gamburg”da oʻynayapti. Hozircha u 15 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Himoyachining “Tottenxem” bilan shartnomasi 2030 yilning yarmigacha moʻljallangan. Transfermarkt maʼlumotlariga koʻra, uning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!