“Barsa” eng qimmat futbolchisini “arzimagan” narxga sotmoqda
“Barselona” rahbariyati braziliyalik pleymeyker Filippe Koutinoni yozda sotib yuborish maqsadida unga narx belgiladi.
Ta’kidlash joizki, Koutino kataloniyaliklar tarixida eng qimmat transfer hisoblanadi. O‘sha paytdagi prezident Bartomeu bu futblchi uchun “Liverpul”ga 120 million evro to‘lashdan tashqari, yana 40 million evro miqdorida bonus to‘lashga ham rozi bo‘lgan. Bu shartnoma liverpulliklarga hamon foyda keltirishda davom etmoqda.
Yiliga 13,5 million evro miqdorida maosh olayotgan Koutino esa, “Barselona”da o‘zini ko‘rsata olmadi va keraksiz futbolchiga aylanib qoldi. Endi yozda Koutinodek qimmatbaho yulduzni olishni istagan jamoa kataloniyaliklarga 35 million funt to‘lashi kifoya qiladi.
Uning narxi e’lon qilingach, bu transferga “Arsenal”, “Tottenxem” va “Chelsi” kabi klublar qiziqa boshladi. Futbolchining o‘zi hozirda jarohatini davolatish bilan band.

Fikrlar