“Barsa” Flik o‘rniga ikkita supermurabbiy topib qo‘ydi

  • 19.01.2026 11:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati o‘tgan mavsum jamoani Ispaniya chempionatiga aylantirgan va yangi chempionatda ham chempionlik unvonini munosib himoya qilayotgan Hans-Diter Flikning ishidan juda mamnun.

Tecno

Biroq shu bilan birga mutasaddilari germaniyalik murabbiy o‘rniga yuqori darajada ishlay oladigan o‘rinbosarlar ham topib qo‘ydi.

Aslida Kataloniya klubi rahbariyati Flik bilan hamkorlik imkoniyati boricha uzoq davom etishiga umid qilmoqda, ammo murabbiyning jamoada qolishga ko‘nishiga 100 foizlik kafolat yo‘q.

Jurnalist Alfredo Martines ma’lumotlariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” rahbarlari kelajakda Flikni almashtirish uchun Mikel Arteta va Luis Enrikeni eng maqbul variant deb hisoblamoqda.

“Barselona”ning amaldagi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik bilan tuzilgan shartnoma 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Huddi shu vaqtda Mikel Arteta (“Arsenal”) va Luis Enrique (PSJ) ishlayotgan amaldagi shartnomalar ham o‘z yakuniga yetadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!