
"Barsa" futbolchisi bo‘lajak jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmadi
"Barselona" futbolchisi Samuel Umtitining "Renn" klubiga transferi amalga oshmay qoldi. Bu haqda "Diario Sport" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, himoyachi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan. Endi Umtiti yana "Barselona"ga qaytib keladi.
Bu holat katalon klubi rahbariyatiga ma’qul kelmagan. Shu tariqa, "ko‘k-anorranglilar" Samuel bilan xayrlashish uchun shartnomada ko‘rsatilgan 4 yillik maoshni to‘lab, bitimni bekor qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, markaziy himoyachi 2018 yilning iyul oyida "Barselona" safiga kelib qo‘shilgan. Uning transferi uchun kataloniyaliklar "Lion"ga 25 million evro to‘lagan.
Fikrlar