
“Barsa” futbolchisi nega yig‘ladi?
“Barselona” Ispaniya chempionatining 13-turida “Real Sosedad” bilan kuch sinashib, kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
Sport.es saytining yozishicha, tanaffus vaqtida kataloniyaliklar pleymeykeri Frenki de Yong kiyim alishtirish xonasida ko‘z yoz to‘kkan ekan.
Ma’lum bo‘lishicha, uchrashuvda ilk daqiqalardan o‘ynagan Frenki oyog‘idan qattiq zarba egan. Jarohat tufayli besh oydan ortiq vaqt mobaynida maydondan tashqarida yurishga majbur futbolgan futbolchi bu gal ham jarohat olganini gumon qilgan.
De Yong og‘riqdan emas, yana maydondan chetda qolishi mumkinligi alam qilib, yig‘lab yuborgan.
Murabbiylar shtabi tanaffusdan keyin uni maydonga tushirmadi.
Tibbiy tekshiruvlar Frenki de Yongning jarohati jiddiy emas, balki engil shikastlanish ekanini ko‘rsatdi.
Niderlanliyalik yarim himoyachi “Barselona”da 2019 yildan beri o‘ynamoqda. U hozirga qadar jami 220 ta uchrashuvda qatnashib, 17 ta gol va 21 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar