
“Barsa” hujumchisi borasida bir qarorga keldi
"Barselona" tez orada hujumchi Martin Breytueyt bilan shartnomasini bekor qiladi, deb xabar beradi AS nashri.
Chunki klub yozgi transfer oynasi vaqtida bir qancha top darajadagi xaridlarni amalga oshirdi. Shu sabab futbolchi Xavining yangi mavsum rejalariga kiritilmadi.
31 yoshli daniyalik hujumchi 2020 yilning fevral oyida 18 million evro evaziga "Leganes"dan "Barselona"ga o‘tgan edi. O‘shandan beri u “ko‘k-anorranglilar” safida 57 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Martinning xizmatlariga "Selta" va "Xetafe" qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar