“Barsa” ikki superto‘purardan birini tanlaydi

  • 15.04.2022 15:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida ko‘p gol ura oladigan hujumchi oladi. Ayni paytda kataloniyaliklar nishonida “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski va “Borussiya”  yulduzi Erling Xoland turibdi.

Diario Sport nashrining xabar berishicha, klub xo‘jayinlari shu ikki hujumchidan qaysi birini tanlash borasida bosh qotirmoqda.

“Barselona” mutasaddilari anchadan beri Levandovski bilan muzokarani davom ettirmoqda. Ular 33 yoshli hujumchi bilan uch yillik shartnomani kelishib qo‘ygan.

Klub prezidenti Joan Laporta taniqli agent Mino Rayoladan Xolandni Kataloniyaga olib kelishni so‘ramoqda. Biroq, bu transfer jamoaga ancha qimmatga tushishi aniq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!