“Barsa” Koutinoni xafa qildi
“Barselona” braziliyalik pleymeyker Filipe Koutinoni “Aston Villa”ga ijaraga jo‘natdi. Angliya klubi katta maosh oluvchi futbolchining talablarini qondirishga qodir emas.
Kelishuvga ko‘ra, “Aston Villa” Koutino olayotgan maoshning 65 foizga yaqinini to‘laydi. Qolgan qismini kataloniyaliklar berishi kerak. Biroq futbolchi yangi jamoaga o‘tishdi maoshi pasayishiga ko‘ngani bos, “Barselona” mutasaddilari 35 foiz maoshni “bosib” qoladigan bo‘ldi.
29 yoshli yarim himoyachi 2018 yildan “Liverpul”da 135 million evroga xarid qilingan edi. Lekin u o‘zidan kutilgan o‘yinni ko‘rsata olmadi.
Koutino Ispaniyaga ko‘chib kelganidan beri “Barselona”da jami 106 ta uchrashuv o‘tkazib, 25 ta gol urdi va 14 ta golli pas oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi yana bir yarim yil davom etadi.

Fikrlar