"Barsa" Levandovski uchun qancha to‘lashga tayyorligi ma’lum

  • 28.06.2022 19:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski transferi ustida ishlashda davom etmoqda. 

"Sky Sports" Deutschland" nashri bergan xabarga ko‘ra, klub 33 yoshli o‘yinchini sotib olishga tayyor. Myunxen klubi uning narxini e’lon qildi va polshadik futbolchiga o‘rinbosar qidirishni boshlab yubordi. 

Kataloniyaliklarning ikkinchi taklifiga nemis jamoasi rad javobini berdi. "Bavariya" o‘z o‘yinchisi uchun 60 million evro olishni istayapti. 

"Barsa" Robert uchun 50 million evrogacha bo‘lgan miqdorda pul to‘lashga tayyor. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!