“Barsa” Levandovskidan xavotirga tushib qoldi

  • 23.12.2024 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” rahbariyati asosiy to‘purar Robert Levandovskining samaradorligi keskin pasayib borayotganidan xavotirga tushib qoldi.

Sport.es nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar 36 yoshli hujumchining shartnomasini uzaytirishni rejalashtirayotgan edi.

Endi mutasaddilar Levandovski vaziyatni tezroq o‘nglashini kutadi. Agar tajribali to‘purar qisqa fursatda samaradorlik ko‘rsatkichlarini ko‘tara olmasa, uning klubdagi kelajagi shubha ostida qolish ehtimoli katta.

Levandovski joriy mavsumda barcha turnirlarda 24 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 23 ta gol va ikkita assist rasmiylashtirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!