
"Barsa" Levandovskining sotilishini hayoliga ham keltirmayapti
"Barselona" klubi hujumchi Robert Levandovskini sotishni kelgusi rejalarga kiritmagan. Klub uni mavsum oxirida ham tarkibda saqlab qolmoqchi.
Muxlis va mutaxassislarning futbolchi formasini tiklay olmayotgani borasidagi fikrlari rahbariyatni qiziqtirmaydi. Bosh murabbiy Xavi ham Levandovskining tajribasi va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqini o‘zgacha qadrlaydi.
Avvalroq, Robertning AQSh yoki Saudiya Arabistoni klublaridan biriga o‘tishi haqida xabarlar paydro bo‘layotgandi. Hujumchining o‘zi ham Kataloniyani tark etish niyatida emas.
Fikrlar