“Barsa” mashhur yulduzini haydayapti

  • 01.02.2022 18:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”ning hujumkor futbolchisi Usmon Dembele atrofidagi vaziyat hamon chigalligicha qolmoqda.

Klub rahbariyati katta maoshli shartnomani qabul qilmagan frantsiyalik o‘yinchini qishki transferlar vaqtida boshqa klubga sotib yubormoqchi bo‘ldi, lekin Evropaning grand klublari bir necha oydan keyin erkin agentga aylanadigan futbolchiga pul sarflashni istamadi.

Qimmatbaho yulduzdan quruq qolayotgan va uni olib kelish uchun sarflangan 135 million evroning bir tangasini ham qaytara olmaydigan “Barselona” rahbariyati endi Dembelening amaldagi shartnomasini bekor qilmoqchi .

Avvalroq, klub xo‘jayinlari Dembele yangi bitimga imzo chekmasa va boshqa klubga ketmasa, mavsum oxirigacha zaxirada qolishini uqtirgandi. Usmon ularning bu qaroriga qarshi sudga murojaat qilishini ta’kidladi. Bosh murabbiy Xavi esa shartnomasi oxirigacha klubda qoladigan o‘yinchini asosiy tarkibga jalb qilish uchun xo‘jayinlardan ruxsat so‘ramoqda.

“Barselona” boshqaruv kengashining bir guruh a’zolari Dembele bilan amaldagi shartnomani bekor qilib, uni klubdan haydab yuborishni taklif qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!