“Barsa”: Messining vorisini topdik

  • 18 aprel, 2022, 10:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” rahbariyati o‘tgan yozda Lionel Messi bilan yangi shartnoma tuza olmagandan keyin jamoa muntazam gol ura oladigan o‘yinchiga ehtiyoj sezmoqda.

Bu chempionatda jamoa o‘ttizta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa-da, eng ko‘p gol urgan Depay hisobida atigi 10 ta gol bor. Bu yuqori darajali hujumchi uchun ancha kam.

Shu bois kataloniyaliklar Messi bilan terma jamoada birga o‘ynayodigan Lautaro Martines transfer qilishga qaror qildi. Ular bu hujumchiga avvalgi mavsumlarda ham chorlov yuborgan edi. O‘shanda “Inter” juda katta badal puli to‘lab, transferga qarshilik qilgan.

Endi milanliklar yozda Lautaroni yaxshi mablag‘ evaziga sotib yuborishga tayyor. Buning uchun kataloniyaliklar 70-80 million evro atrofida xarajat qilishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!