“Barsa” nimadan norozi?
“Barselona” rahbariyati “el-klasiko”ni boshqargan hakam Xuan Martines Munuera ustidan Ispaniya futbol federatsiyasiga rasmiy shikoyat yo‘lladi.
Kataloniya klubi Serxio Ramosga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun belgilangan penalti adolatsiz ekanini ta’kidlamoqda. Ularning fikriga ko‘ra, “Real” sardori ungacha o‘yin qoidasini buzgan.
“Barselona” rahbarlarining shikoyati o‘yin natijasini bekor qila olmasa-da, hakamlar korpusining reputatsiyasiga putur etkazadi.

Fikrlar