“Barsa” nishonidagi futbolchini ololmaydi

  • 10.01.2026 08:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” joriy mavsum La Ligada yetakchilik qilayotganiga qaramay, jamoa himoya chizigʻida jiddiy muammolar bor va bosh murabbiy Hans-Diter Flik bu kamchilikni yangi transfer bilan bartaraf qilishi kutilyapti.

Xususan, tajribali himoyachilardan Andreas Kristensen tizzasidan ogʻir jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqdi. Ronald Arauhoʻning ruhiyat bilan bogʻliq muammosi bor va u ham hali jamoaga yordam bera olmaydi.

Sport.es saytining xabar berishicha, “Barselona” Kristensennig oʻrniga “Chelsi”da oʻyin amaliyotisiz qolib ketayotgan Aksel Disasini olib kelish variantlarini koʻrib chiqmoqda.

Manbaga koʻra, fransiyalik futbolchi sport jihatidan kataloniyaliklar uchun yaxshi variant boʻlishi mumkin, ammo uning ehtimoliy transferi “Barselona”ning moliyaviy holati tufayli qiyinlashishi mumkin.

Gap shundaki, Angliya Premyer-ligasi oʻyinchilari, ayniqsa, “Chelsi” futbolchilari ancha katta maosh oladi. Disasi ham ana shunday futbolchilarning. Maosh yuqoriligi kataloniyaliklarning bu oʻyinchini toʻliq transfer qilishi yoki ijaraga olishiga toʻsqinlik qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!