"Barsa" olmagan futbolchini "Real"ga 70 million yevroga o‘tkazishmoqchi

  • 19.06.2026 20:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya terma jamoasi himoyachisi Alessandro Bastoni shu yozda «Inter» tarkibidan ketib, «Real» safiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Milanliklar rahbariyati uzoq vaqtdan beri jamoa himoyasida yetakchi o‘yinchilardan biri hisoblangan Alessandro Bastonining ketishi haqidagi barcha mish-mishlarni rad etib kelayotgan edi. Shu bilan birga, AS nashrining yozishicha, oxir-oqibat «Inter» Bastonini «Real»ga 70 million yevro evaziga sotishga tayyor.

Italiyalik futbolchiga avvalroq «Barselona» jiddiy qiziqish bildirgan, biroq endi Madrid klubi yanada faol harakat qilish niyatida. Bunga asosiy sabab sifatida «Santyago Bernabeu»ga qaytgan Joze Mourinoning 27 yoshli markaziy himoyachi salohiyatini juda yuqori baholayotgani qayd etilmoqda.

Shu bilan birga, hozircha «Real» tomonidan rasmiy taklif yuborilmagani ta’kidlanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!