“Barsa” oʻz yulduzini superklubga sotishdan bosh tortdi
Frantsiyaning eng qudratli klubi “Pari Sen-Jermen” tarkibini Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” pleymeykeri Frenki de Yong yordamida kuchaytirishga urinib ko‘rdi.
El Nacional nashri ma’lumotiga ko‘ra, Parij klubi niderlandiyalik yarim himoyachi uchun 55 million yevro miqdoridagi summani, bo‘lib to‘lash sharti bilan kataloniyaliklarga taklif yubordi.
“Barsa” rahbariyati bu taklifni rad etdi.
Kataloniya klubi aslida Frenki de Yongni sotib yuborishga qarshi emas. Biroq ular bu futbolchi transferidan 70 million yevro ishlab topishni rejalashtirmoqda va bu mablag‘ni bir to‘lov asosida olishni xohlayapti.
Frenki de Yong 2019 yilda “Ayaks”dan “Barselona”ga 86 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning “ko‘k-anorranglilar” bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyungacha amal qiladi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va yettita golli uzatma berdi.
Fikrlar