
“Barsa” prezidenti Bartomeuning qing‘ir ishi ochildi. Uni qamashmoqchi!
“Barselona” klubi rahbari Kataloniya politsiyasi tomonidan korruptsiyaga yo‘l qo‘yilganlikda ayblanmoqda.
Bartomeuga “Barsageyt ishi” nomi bilan mashhur bo‘lgan moliyaviy sxema doirasida ayb qo‘yilmoqda. Politsiyadagilar Bartomeu klub nomidan amalga oshirilgan bu ish orqali noqonuniy ravishda o‘ziga mo‘may daromadni o‘zlashtirgan, deb hisoblamoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Bartomeu I3 Ventures kompaniyasiga ko‘rsatilgan xizmatning bozor narxidan olti barobar ko‘p bo‘lgan mablag‘ni o‘tkazishga buyruq bergan. Kataloniya politsiyasi nega shunday bo‘lganini aniqlashga kirishgan.
I3 Ventures kompaniyasi “Barselona” bilan shartnoma tuzib, Bartomeuning reputatsiyasini himoya qilish bilan shug‘ullangan va ijtimoiy tarmoqlarda Lionel Messi, Jerar Pike va boshqa futbolchilarni tanqid qilib, klub prezidentining ishlarini oqlavchi materiallar e’lon qilib kelgan. Bu kompaniyani “Bartomeuning “o‘ng qo‘li” Jaume Masferrer boshqarishi aniqlangan.
Fikrlar