“Barsa” qadrimga etmadi, Saudiyaga ketaman!

  • 27.01.2025 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”ning iqtidorli markaziy himoyachisi Unai Ernandes faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga qaror qildi.

Taniqli jurnalist Viktor Navarroning ma’lum qiligicha, “Al-Ittihod” 20 yoshli futbolchi bo‘yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlash arafasida turibdi.

Ernandesning o‘zi “Barselona”ni tark etish istagini bildirgan. Yosh o‘yinchi o‘ziga asosiy tarkibdan joy tegishiga ishonmayapti va muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun saudiyaliklarning taklifini qabul qildi.

Unai Ernandes jamoani Xavi boshqargan davrda bir necha bor asosiy tarkib qaydnomasiga kiritilgan edi. Biroq ish maydonga tushishgacha etib bormagan. Hozirgi bosh murabbiy Xans-Diter Flik bu o‘yinchiga umuman e’tibor qaratgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!