“Barsa” Qatardan o‘nta futbolchini oladi

  • 20 noyabr, 2022, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” rahbariyati skautlarga Qatarda boshlanayotgan jahon chempionatida futbolchilarni sinchkovlik bilan kuzatib borishini ta’kidladi.

Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, hozircha kataloniyaliklar Qatar maydonlarida o‘zini ko‘rsatishi kutilayotgan o‘n nafar futbolchining harakatlarini o‘rganib boradi.

Manbaning xabariga ko‘ra, skautlar o‘ng qanot himoyachisi o‘rniga portugaliyalik Diogu Dalot, frantsiyalik Benjamin Pavar va Toma Myone, argentinalik Xuan Foytni kuzatadi.

Xavi o‘rta chiziqni kuchaytiradigan o‘yinchilarni belgiyalik Yuri Tilemans, germaniyalik Ilkay Gyunjog‘an, ispaniyalik Marko Asensio va portugaliyalik Bernardu Silva orasidan tanlaydi.

Hujum chizig‘iga Portugaliya vakili Rafael Leau va germaniyalik vunderkind Yussuf Mukoko nomzodi ko‘rib chiqiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!