"Barsa" Sulsherning shogirdiga xaridor

  • 27 sentabr, 2021, 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” keyingi paytda qimmatbaho futbolchilarni erkin agent sifatida tekinga olishni odat tusiga aylantirib oldi.

Tecno

Ronald Kuman jamoasi endi “Manchester Yunayted” hujumchisi Antoni Marsyalga ko‘z tikmoqda. Bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsher frantsiyalik futbolchining ketishiga qarshi emas. Kub xo‘jayinlari Marsyalning agentlariga futbolchiga yangi jamoa topish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

“Barselona” narxi 40 million funtga baholanayotgan futbolchini tekinga olish yo‘llarini qidirmoqda.

Marsyal “Manchester Yunayted”ga 2015 yili “Monako”dan 60 million evroga olib kelingan. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yili yakunlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!