“Barsa” uch yulduzni tekinga olmoqchi

  • 17.10.2021 13:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Moliyaviy inqirozdan chiqa olmayotgan “Barselona” keyingi paytda faqat erkin agentga aylangan futbolchilarni o‘z safiga chorlayapti.

Ayni paytda kataloniyaliklar “Chelsi”dagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib turibdi.  Yozda “aristokratlar”ning uch himoyachisi – Antonio Ryudiger, Sesar Aspilikueta va Andres Kristensenning shartnomasi tugaydi.

Agar “Chelsi” mutasaddilari qishki transferlar oynasi ochilgunga qadar ularni yangi bitimga ko‘ndira olmasa, “Barselona” himoyachilarning bari bilan aloqaga chiqib, Kataloniyaga taklif qilmoqchi.

O‘tgan yoz “Barselona” erkin agent sifatida Angliya premer-ligasida yulduzli onlarini o‘tkazgan Serxio Agueroni o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!