“Barsa”: Shu hujumchidan tezroq qutilish kerak!

  • 20 may, 2022, 21:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” rahbariyati mavsumni yaxshi o‘tkazayotganiga qaramay, hujumchi Memfis Depayni transferga qo‘yishga qaror qildi.

Niderlandiyalik to‘purar jamoaning avvalgi bosh murabbiyi Ronald Kuman talabiga ko‘ra Kataloniyaga olib kelingan. Hozirgi bosh murabbiy Xavi hamkasbi chaqirgan o‘yinchilarga javob berib yubormoqchi.

Klub mutasaddilar byudjetni to‘ldirish uchun bir necha o‘yinchini sotib yuborishni mo‘ljallagan. Endi ular qatoriga Depay ham qo‘shildi.

28 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 37 marotaba maydonga tushib, 13 ta gol va ikkita golli pas muallifi bo‘ldi. Uning transferi 45 million evroni tashkil qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!