“Barsa” va “Real” 16 yoshli rekordchini talashyapti

  • 22 avgust, 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya futbolida yangi “yulduzcha” paydo bo‘lgan. “Lester”da o‘ynayotgan 16 yoshli Jeremi Monga Angliya Chempionshipida ilk to‘pini kiritdi va musobaqa tarixida gol urgan eng yosh futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.

Tecno

Bu borada avvalgi rekord “Real”ning yorqin yulduzi Jud Bellingemga tegishli edi.

Aslida Jeremi Monga mutaxassislar e’tiboriga o‘tgan mavsumda tushgandi. “Lester” Premer-ligada o‘ynagan davrda iste’dodli o‘yinchiga debyut qilish imkonini berishdi.

Shu tariqa, Monga 15 yoshida maydonga tushib, Angliya Premer-ligasida debyut qilgan eng yosh ikkinchi futbolchi sifatida nomini tarixga yozdirdi.

Endi bu futbolchi Ispaniya grandlari – “Barselona” va “Real” nishoniga tushdi. Har ikki klub rahbarlari – Joan Laporta va Florentino Peres o‘z mutaxassislariga yosh iqtidor atrofidagi vaziyatni kuzatib borishni buyurdi.

FIFA qoidalariga ko‘ra, hali 18 yoshga to‘lmagan o‘yinchini xalqaro transferlarga jalb qilish mumkin emas. Kataloniya va Madrid superklublari Monganing voyaga etishini kutishga majbur.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!