“Barsa” va “Real” arzon hujumchiga xaridor

  • 28.04.2021 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliyada “yangi Runi” laqabini olgan “Lids” hujumchisi Jo Jelxardt faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 18 yoshli hujumchi “Barselona” va “Real” skautlari nazari tushgan va ular futbolchi atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.

“Lids” murabbiylar shtabi yosh futbolchini asosiy tarkib o‘yinchilari qatorida ro‘yxatdan o‘tkazgan. Lekin hali premer-ligada o‘zini ko‘rsatishi uchun imkon bergani yo‘q. Hozircha, Jo asosiy tarkibda o‘ynashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ayni paytda “yangi Runi”ning transfer summasi 1,3 million evroni tashkil qilmoqda. Agar hujumchi asosiy jamoada ishonchli o‘ynay olsa, uning narxi tabiiy ravishda bir necha barobar ko‘tariladi. Ispaniya grandlari Jo Jelxardtni kelajak uchun sotib olmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!