
"Barsa" va "Real" Ispaniya Superkubogi uchun kurash olib boradi. Final qachon?
Ispaniya Superkubogida yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, "Real" "Valensiya" bilan kuch sinashdi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha daqiqalarida 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa "qirollik klubi" 4:3 hisobida "ko‘rpashalaklar"dan ustun keldi.
"Betis" - "Barselona" to‘qnashuvining ham asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Ekstra taymlarda ham jamoalar bittadan gol almashib oldi (2:2). Mazkur bellashuv taqdiri ham seriyada hal bo‘ldi va unda Xavi shogirdlari 4:2 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, Ispaniya Superkubogi finalida muxlislar "el-klasiko" guvohi bo‘ladi. Ushbu bahs 15 yanvar tungi soat 00:00da start oladi.
Fikrlar