“Barsa” xo‘jayini jamoaga zo‘r to‘purar tanlab berdi

  • 7 dekabr, 2024, 23:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning eng zo‘r to‘purari Robert Levandovskining yoshi o‘tib bormoqda. Garchi polshalik forvard samaradorlik borasida mahorat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lsa-da, klub kelajak uchun yosh hujumchi qidiryapti.

Kataloniya superklubi rahbari Joan Laporta jamoaga yangi to‘purar tanlab berdi.

Uning fikricha, ayni paytda Bundesligada to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan Umar Marmush yaqin kelajakda Robert Levandovskining o‘rnini bosishga qodir.

Tipsblabet nashrining ma’lum qilishicha, “Barselona” skautlar “Ayntraxt” hujumchisini Evropa ligasi doirasidagi uchrashuvlarda bevosita stadiondan kuzatib, hujumchi bo‘yicha o‘z xulosalarini klubga taqdim qilgan.

Marmushning Bundesliga klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Lekin uning transferini 40 million evroga hal qilish imkoni borligi aytilmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!