“Barsa” Xoland transferi bo‘yicha muhim xabar tarqatdi!
“Borussiya” hujumchisi Erling Xolandning agenti Mino Rayola bilan muzokara olib borganidan bir necha kun o‘tib, “Barselona” rahbariyati yozda bu transferni amalga oshirmasligi haqida xabar tarqatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Barselona” vakillari muzokara chog‘ida norvegiyalik hujumchini kelasi yilning yozida 75 million evroga sotib olishlari mumkinligini bildirgan. Chunki Xolandning shartnomasida maxsus shart bo‘lib, bu band 2022 yilning yozida kuchga kiradi va unga ko‘ra, norvegiyalik hujumchini 75 million evroga transfer qilish imkoniyati belgilab qo‘yilgan.
Avvalroq, “Real” mutasaddilari kataloniyaliklarni etarli mablag‘i bo‘lmay turib, Xolandga da’vogarlik qilayotgani hujumchi transferining narxi ko‘tarilishiga sabab bo‘layotganidan noroziligini bildirgandi.
O‘z navbatida, dortmundliklar ham kelasi yili Xoland shartnomasidagi band kuchga kirmasidan uni shu yozda sotib yubormoqchi. “Borussiya” tinimsiz gol urayotgan 20 yoshli hujumchini 180 million evroga transfer qilmoqchi.

Fikrlar