“Barsa” yangi futbolchi kutyapti

  • 13.06.2021 17:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” yozgi transferlar vaqtida “Roma” sardori va etakchi yarim himoyachisi Lorentso Pellegrini sotib olishni rejalashtirmoqda.

Joze Mourino boshqaruviga o‘tgan “Roma” rahbariyatiga 24 yoshli yarim himoyachini ushlab qolish qiyin bo‘ladi. Hozirda, Pellegriniga kataloniyaliklardan tashqari, “Liverpul” va “Atalanta” jiddiy da’vogarlik qilmoqda.

Pellegrinining klub bilan shartnomasi bir yildan so‘ng yakunlanadi. Uni uzaytirish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralarida tomonlar o‘zaro kelisha olmadi. Shu bois, futbolchi kelasi mavsumdan keyin erkin agent sifatida ketib qolmasligi uchun rimliklar uni yozda sotib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!