
“Barsa” yangi hujumchi topdi
“Barselona” rahbariyati Luis Suares o‘rniga markaziy hujumchi qidirmoqda. Birinchi bo‘lib, kataloniyaliklar nazari “Real Sosedad”ning shvetsiyalik hujumchisi Aleksandr Isaakka tushgan.
“Ikkinchi Ibrohimovich” laqabi bilan mashhur bo‘lgan Isaak 17 yoshida “Borussiya D” bilan shartnoma imzolagani Evropada shov-shuv bo‘lgan edi. O‘shanda dortmundliklar yosh hujumchi uchun katta summa – 9 million evro sarflagan.
Biroq, Aleksandr Isaak bir necha mavsum imkoniyat berilganiga qaramay, Bunesligada o‘zini ko‘rsata olmadi. “Real Sosedad”ga kelganidan keyin Martin Edegor bilan hamkorlikda yana samarali o‘yin ko‘rsata boshladi. Bu natijalarni nazaridan qochirmagan Xenrik Larsson hamyurti Isaakni “Barselona”ga olib kelinadigan futbolchilar ro‘yxatining yuqori qismiga yozdirib qo‘ydi.
“Real Sosedad” Isaakning transferi uchun 70 million evro talab qilmoqda. Tabiiyki, “Barselona” birdaniga shuncha pul bermaydi. Kataloniyaliklar bu summani arzonlatish uchun klubdan ketishi kerak bo‘lgan o‘yinchilarni transferga qo‘shishga harakat qiladi.
Fikrlar