
“Barsa” yozda kelgan yulduzdan juda tez voz kechdi
“Barselona” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida erkin agent sifatida safga qo‘shilgan Frank Kesseni qishki transferlar vaqtida tezroq sotib yubormoqchi.
Kataloniya klubining murabbiylar shtabi “Milan”da porlagan o‘yinchining harakatlaridan qoniqish hosil qilgani yo‘q. Klub mutasaddilari ham ivuarlik yarim himoyachining maydondagi o‘yini olayotgan maoshiga to‘g‘ri kelmayotganini ta’kidlamoqda.
Bosh murabbiy Xavi Ernandes Frank Kessega javob berib yuborib, uning o‘rniga “Valensiya”da ijarada o‘ynayotgan Niko Gonsalesni qaytarishni rejalashtirmoqda.
25 yoshli Kesse o‘ziga Evropaning bir necha grandlaridan taklif bo‘lishiga qaramay, Kataloniyaga ko‘chib o‘tishni ma’qul ko‘rgandi. Bu tanlov o‘zini oqlamayapti.
Frankning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi. Uni olmoqchi bo‘lgan klub 45 million evro atrofida xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar