“Barsa” yulduzi klubning g‘irromligidan g‘azabda

  • 26.09.2022 07:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”ning eng tajribali futbolchilaridan biri Jordi Alba klub rahbariyatining o‘ziga bo‘lgan munosabatidan norozi bo‘lmoqda.

Diario Sport nashrining xabar berishicha, tajribali himoyachi asosiy tarkibga kiritilmayapti. Uning o‘zi sport formasi yuqori ekanini, tezkorlik va chidamlilik borasidagi ko‘rsatkichlari hech kimnikidan kam  emasligini va asosiy tarkibga loyiq ekanini ta’kidlamoqda.

Alba Ispaniya terma jamoasi safida Shveytsariyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda to‘liq harakat qildi va raqib darvozasiga gol urishni ham uddaladi.

33 yoshli futbolchining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha imzolangan va u bitimni so‘nggi kunigacha klubda qolishini ta’kidladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!