“Barsa” yulduzi uchun 50 million yevro beramiz!
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” jamoasida to‘p surib kelayotgan markaziy yarim himoyachi Frenki de Yong tez orada klubini o‘zgartirishi mumkin.
Bu haqida Fichajes jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, niderlandiyalik havbekka Myunxenning “Bavariya” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Nemis top-klubi de Yong transferi uchun taxminan 50 million yevro taklif qilishga tayyor.
28 yoshli yarim himoyachi 2019 yilning yozidan beri kataloniyaliklar safida o‘ynab kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Joriy Ispaniya chempionatida de Yong 14 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar