
“Barsa” yulduzini bu jamoada ko‘rmaysiz!
Yaqinda taniqli insayderlardan Xerard Romero “Bavariya” rahbariyati “Barselona”dan pleymeyker Frenki de Yongni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olishga yaqin turgani haqida ma’lumot tarqatgan edi.
Evropa futbolini yorituvchi jurnalist Kristian Falk bu ma’lumotlarni inkor qildi. Uning ta’kidlashicha, niderlandiyalik yarim himoyachining “Bavariya”ga o‘tayotgani haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Bundan tashqari, Falk Frenki myunxenliklar bosh murabbiyi Yulian Nagelsmannga juda ma’qul kelayotgan bo‘lsa-da, klub rahbariyatida hozircha bu transferni amalga oshirish rejasi yo‘q.
Transfer summasi 80-90 million evroga baholanayotgan Frenki de Yongga asosiy da’vogar “Manchester Yunayted” va “Chelsi” bo‘lib turibdi.
Fikrlar