
“Barsa”da 17 daqiqa o‘ynagan futbolchi klubni sudga beradi!
O‘tgan haftada “Barselona” rahbariyati shartnomasini bekor qilgan Mateus Fernandes klubni sudga berishga tayyorgarlik ko‘ryapti.
Himoyachi klub rahbariyati unga nisbatan adolatsizlik qilganini va shartnoma noqonuniy tarzda bekor qilinganini ta’kidlamoqda.
“Barselona” 23 yoshli futbolchini 2020 yili “Palmeyras”dan 7 million evro evaziga sotib olgan edi. Biroq, unga etarlicha imkon berilmadi. Mateus Evropa Chempionlar ligasida Kievning “Dinamo” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda 17 daqiqa o‘ynaganidan keyin umuman maydonga tushirilmadi.
Futbolchining yaqinlari “Barselona”ga bu futbolchining transferini so‘rab, murojaat qilgan klublar ko‘p bo‘lganini, lekin kataloniyaliklar ularning barchasini inkor etganini bildirgan.
Fikrlar