“Barsa”da katta yo‘qotish

  • 04.09.2024 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona”ning iqtidorli futbolchisi Fermin Lopes FIFA kunlari munosabati bilan Ispaniya yoshlar terma jamoasidan chaqiruv olgan edi.

21 yoshli o‘yinchi terma jamoaning dastlabki mashg‘ulotlaridan birida jarohat olib, safdan chiqdi. Bu haqda El Chiringuito TV kanali ma’lumot tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, Fermin Lopes tez kunlarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng shikastlanish darajasi va davolanish muddati aniq bo‘ladi.

Fermin Lopes yangi mavsumda “Barselona” safida uch marotaba maydonga tushib, hali samarali harakatlarni amalga oshirmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!