"Barsa" Messining raqamini kim olishi ma’lum bo‘ldi (video)

  • 01.09.2021 16:42
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, "Barselona" o‘z afsonasi Lionel Messi bilan xayrlashgandan keyin uning raqami bo‘sh turgan edi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yangi mavsumda ushbu raqam ostida yosh iste’dod Ansu Fati harakat qiladi. Ispaniyalik vinger klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa tarkibida 2019 yilda debyut qilgan.

Ma’lumot uchun, Messi kataloniyaliklar safida 2004-2021 yillar oralig‘ida harakat qilgan va 6ta "oltin to‘p" egasiga aylangan. Shuningdek, jamoa bilan 4 bor Evropa chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.

IMG_20210901_163939_847

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!