“Barsa”da nima qilasan, bizga o‘tdi

  • 14.08.2025 11:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Futbolchilik davrida “Barselona”da o‘ynagan Sesk Fabregasi ayni paytda murabbiy sifatida Italiyaning “Komo” jamoasini boshqaryapti.

Ispaniyalik mutaxassis jamoasi tarkibini Kataloniya klubi o‘yinchilari bilan kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Xans-Diter Flik yosh iqtidor egasi Mark Kasadoga muntazam o‘yin amaliyotini kafolatlagani yo‘q. Bu holat Evropaning bir qator klublari e’tiborini tortdi.

Xususan, “Bayer” va “Atletiko” ham 21 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.  Biroq ular orasila “Komo”ning transferni amalga oshirish borasidagi imkoniyati yuqori baholanyapti.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, “Barselona”ning moliyaviy ahvoli ayrim o‘yinchilarni sotib yuborishga majbur qilmoqda. “Komo” Kasado uchun 30 million evro atrofida mablag‘ taklif qilmoqchi. Bu summa kataloniyaliklarni to‘liq qoniqtirishi aytilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!