
“Barsa”da paydo bo‘lgan “yulduzcha”ga 5 ta grand og‘iz solmoqda
“Barselona”da tarbiyalangan himoyachi Mikoil Faye Evropaning mashhur klublari nazariga tushdi.
19 yoshli senegallik futbolchi hali “Barselona”ning birinchi jamoasiga qabul qilingani yo‘q. Biroq Xavi Ernandes kelasi mavsum oldidan uni asosiy tarkibga qo‘shmoqchi edi.
Biroq ispaniyalik mutaxassis o‘rnini germaniyalik Xans-Diter Flikka bo‘shatib berdi. Yangi bosh murabbiy hali Fayega e’tibor qaratgani yo‘q.
Bundan bir necha grand klublar unumli foydalanib qolmoqchi. Xususan, Daily Mail nashrining yozishicha, Mikoilga “Arsenal”, “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Bavariya” va “Bayer” jiddiy qiziqmoqda.
“Barselona” jamoada markaziy himoyachilar ko‘pligi va moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Fayeni yozda yaxshi taklif evaziga qo‘yib yuborishi aytilmoqda.
Fikrlar