
“Barsa”da singan futbolchining taqdiri tez orada hal bo‘ladi
“Barselona”da o‘z o‘rnini topa olmagan Filippe Koutino yozgi transferlar vaqtida Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
Kataloniyaliklar “Liverpul”ga qo‘shimcha bonus to‘lamaslik uchun braziliyalik pleymeykerdan tezroq qutilishga harakat qilmoqda. Lekin qimmatbaho futbolchiga xaridor topish qiyin bo‘lyapti.
Shunga qaramay, “Everton” va “Arsenal” 28 yoshli yarim himoyachini Angliyaga qaytarishni rejalashtirmoqda.
Bu transfer yozning o‘rtalarida amalga oshishi mumkin. Chunki Koutino ayni paytda jarohatini davolash bilan band. Yangi jamoa topish uchun esa, uning salomatligi joyida bo‘lishi kerak.
Fikrlar