
"Barsa"dan qaytgach Grizmann yayrab o‘ynamoqda
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniya chempionati doirasidagi "Elche"ga qarshi o‘yinda (2:0) ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Frantsiyalik futbolchi "Barsa"dan qaytganidan so‘ng juda ham sermahsul natijalar qayd etmoqda. Jumladan, u "matraschilar"ning La Ligadagi so‘nggi 11 golidan 8 tasida ishtirok etdi. So‘nggi 8 ta uchrashuvda "gol+pas" tizimida 3+5 ochkoni jamg‘ardi.
Mavsumdagi jami 15 o‘yinda Grizmann 5 ta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Antuan va uning terma jamoadagi sherigi Benzema o‘rtasidagi keskinlik haqida so‘z borgandi. Bunga asosiy sabab — jamoaning Karimga ko‘proq e’tibor qaratgani Antuanga yoqmagan.
Eslatib o‘tamiz, "uch ranglilar" JCh finalida Argentinaga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan kifoyalandi.
Fikrlar