"Barsa"dan so‘ng ishsiz qolgan Kike Seten sobiq klubini boshqarishi mumkin3

  • 6 dekabr, 2020, 14:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" sobiq bosh murabbiyi, ayni damda erkin agent maqomidagi Kike Seten "Betis"da ish boshlashi mumkin.

Tecno

Mavsum boshida betisliklar "Manchester Siti" sobiq ustozi Manuel Pellegrinini jamoa boshqaruviga olib kelishdi, biroq uning qo‘li ostida klub 11 ta o‘yindan 7 tasida mag‘lubiyatga uchrab, turnir jadvalida 16-pog‘onaga tushib ketdi.

Kike Seten "Betis"ni 2017/2019 yillar mobaynida boshqargan va jamoa bilan La Ligada oltinchi va o‘ninchi o‘rinlarni band etgan.

TodoFichajes nashri manbasiga ko‘ra, agar betisliklar Pellegrinini iste’foga chiqarsa, unda klub Seten nomzodiga murojaat qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!